
Rasman! Dario Srna futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi
Xorvatiyalik mashhur himoyachi Dario Srna futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida rasman e’lon qildi.
“Bu mening futbolchi sifatida so‘nggi matbuot anjumanim. Barchaga rahmat. Shu o‘rinda oilamga katta rahmat aytmoqchiman. Chunki, ularsiz faoliyatimda bu qadar ko‘p yutuqlarga erishmagan bo‘lardim. Men nima qilgan bo‘lsam, barchasidan faxrlanaman”, - deydi 37 yoshli himoyachi.
U faoliyati davomida “Xayduk”, “Shaxtyor” va “Kalyari” klublarida to‘p surgan. Xorvatiya terma jamoasi tarkibida esa 134 ta o‘yinda maydonga tushib, 22ta gol urishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Srnaning so‘nggi jamoasi “Kalyari” klubi bo‘ldi. Hozirda u Ukrainaning “Shaxtyor” klubi tuzilmasida ish boshladi.
Fikrlar