Rasman! Deyan Lovren "Zenit" futbolchisi
"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini "Zenit" klubida davom ettiradi.
31 yoshli futbolchi ruslar bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi.
Ma’lum qilinishicha, xorvatiyalik futbolchining transferi "Zenit" uchun 11 mln funtga (taxminan 12 mln evro) tushgan va uning maoshi yiliga 2,5 mln evro qilib belgilangan.
Lovren 2014 yildan "Liverpul" sharafini himoya qilib kelgan edi. U "mersisaydliklar" safida 185 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta golga mualliflik qilgan. 2018/19 yilgi mavsumda jamoasi bilan birga Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi va joriy mavsum APL chempionligini qo‘lga kiritdi.
Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 57 marotaba maydonga tushgan va 2018 yilgi jahon chempionati kumush medaliga sazovor bo‘lgan.
Fikrlar