Rasman! "Dinamo" Pro-Ligaga ravona bo‘ldi
Hozirgina O‘zbekiston Superligasining 23-turidan o‘rin olgan AGMK va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur uchrashuvda samarqandliklar yirik 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, Vadim Abarmov boshchiligidagi "Dinamo" Pro-Ligaga tushib ketdi. Jamoa 23-turdan keyin Samarqand klubi 9 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda. 13-o‘rindagi "Lokomotiv" hisobida 20 ochko mavjud.
Eslatib o‘tamiz, "Dinamo" shu yil Superligaga ko‘tarilgan edi.



Fikrlar