
Rasman! Eriksen APLga qaytdi
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen rasman "Brentford" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eriksen APL klubi bilan yana bir yilga uzaytirish huquqi bilan mavsum so‘nggiga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi Evropa chempionatidagi voqeadan so‘ng uning yuragiga kardioverter-defibrilator o‘rnatilgan. Italiyada esa ushbu uskuna o‘rnatilgan futbolchilar o‘ynashi mumkin emas. Shu sababli Kristian 2021 yilning dekabr oyida "Inter" bilan shartnomani bekor qilgan.
Fikrlar