Rasman! FIFA futboldagi yangi o‘zgarishlarni e’lon qildi

  • 20 yanvar, 2022, 20:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA professional futbolda ijara shartnomalari tizimiga o‘zgartirishlar kiritilganini rasman e’lon qildi.

Tecno

Demak, yangi qoidalarga ko‘ra, klublar ijara muddati va bitimning moliyaviy shartlarini ko‘rsatib beradigan yozma shartnoma tuzishlari kerak bo‘ladi. Ijaraning maksimal muddati endi 1 yil, eng kami esa ikki transfer oynasi orasidagi davr bo‘ladi. Endilikda futbolchilarni uchinchi klubga ijaraga berish ham taqiqlanadi.

Yangi reglamentga ko‘ra, klub bir mavsum davomida bir klubdan uch nafardan ortiq futbolchini ijaraga olishi mumkin emas.

Ijaralarning maksimal soni ham cheklangan: 2022 yil 1 iyuldan 2023 yil 30 iyuniga qadar klublar bir mavsumda sakkiz nafardan ortiq futbolchini ijaraga ololmaydi va 8 nafardan ortiq futbolchini ijaraga berolmaydi.

2023 yilning 1 iyulidan 2024 yilning 30 iyuniga qadar bu limit bir mavsumda taxminan 7 nafar futbolchi qilib belgilanadi, 2024 yildan boshlab klublar mavsum davomida olti nafardan ortiq futbolchini ijaraga ololmaydi yoki ijaraga berolmaydi.

Ushbu cheklov 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar va klub bitiruvchilariga taalluqli emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!