Rasman! Filippo Indzagi yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi
“Rejina” klubi matbuot xizmati jamoa rasmiy sayti orqali Filippo Indzagini bosh murabbiy etib tayinlangani haqida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekishgan. “Rejina” o‘tgan mavsum B Seriyani 14-o‘rinda yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, 48 yoshli Indzagi bungacha “Milan”, “Venetsiya”, “Bolonya”, “Benevento” va “Breshiya” klublarini boshqargan.



Fikrlar