
Rasman: Frantsiya chempionatining yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Frantsiya chempionati 2020/21 mavsumi 22 avgustda start beriladi. Bu haqida tashkilot rasmiy matbuot-xizmati xabar bermoqda.
LFP direktorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida yangi taqvim masalasi ko‘rib chiqiladi.
Mavsumning dastlabki tur bahslari 22 va 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Qishgi ta’til esa 23 dekabrdan 6 yanvarigacha davom etadi. Yakuniy tur bahslari 23 may kuniga rejalashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiyada futbol mavsumni muddatidan oldin yakunlandi va PSJ mamlakat chempionligi unvonini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar