
Rasman! Gilbert Byorns-Belal Muhammad "UFC 288" turnirida jang qiladi
Xabaringiz bor, 6 may kuni “UFC 288” turniri bo‘lib o‘tadi. Qiziq jihati, yarim o‘rta vazn (77.1 kg) vazn toifasida faoliyat olib boradigan Gilbert Byorns “UFC 287” turnirida Xorxe Masvidal bilan jang qilib, uni mag‘lub etgandi. Oradan 1 oy o‘tib, u yana oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi. Bu safar unga Bilol Muhammad raqiblik qiladi. Bu rasman tarzda ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Bilol Muhammad so‘ngi jangini “UFC 280” turnirida o‘tkazgan va Shon Bredini muddatidan avval taslim etgandi.
Fikrlar