Rasman! "Humo" bosh murabbiyi faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi

  • 16 yanvar, 2021, 11:59
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi. Oliy xokkey ligasi (VXL)da ishtirok etuvchi Novokuznetskning "Metallurg" jamoasi 60 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolanganligini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, "qanotlilar"ning sobiq ustozi "Metallurg"da katta murabbiy lavozimida faoliyat olib boradi. Jamoa bosh murabbiyi Leonid Tambiev ayni vaqtda ayrim sabablarga ko‘ra, jamoa bilan berga emasligi bois, aynan Popixin novokuznetskliklarni bo‘lajak uchrashuvlarda muzga boshlab tushadi.

Uning "Metallurg"dagi debyuti bugun "Yujnyy Ural"ga qarshi bahsda bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. Ayni vaqtda "ma’danchilar" turnir jadvalida 26 klub orasida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Evgeniy Popixin 2019/20 yilgi mavsum VXLda debyut qilgan Toshkentning "Humo" jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan va "qanotlilar"ni musobaqa chorak finaliga olib chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!