
Rasman! "Inter" Aleksis Sanches bilan shartnomasini bekor qildi
"Inter" o‘zining rasmiy sayti orqali hujumchi Aleksis Sanches bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.
33 yoshli chililik futbolchi ayni payt erkin agent hisoblanadi.
Futbolchi faoliyatini Frantsiyaning “Marsel” jamoasida davom ettirishi va 2024 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda hujumchi "Inter"ning barcha musobaqalar doirasidagi 38 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar