
Rasman! “Inter” Indzagi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Inter" rasmiy saytida bosh murabbiy Simone Indzagi bilan shartnoma uzaytirilgani e’lon qilindi. Tomonlar 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladigan yangi kelishuvni imzoladilar.
Indzagi “neradzurrilar”ni 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 46 yoshli mutaxassis qo‘l ostida “qora-ko‘klar” Italiya chempionligi, kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, mutaxassis bungacha “Latsio” klubini boshqargan.
Fikrlar