
Rasman! "Inter" Roma" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi (Foto)
“Roma”ning sobiq yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan “Inter” bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi "neradzurrilar" klubi rasmiy sayti.
33 yoshli armaniyalik futbolchi erkin agent maqomida milanliklar safiga ko‘chib o‘tdi.
Mxitaryan o‘tgan mavsumda "Roma"ning barcha musobaqalar doirasidagi 44 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Yarim himoyachi Rim klubi bilan birgalikda Konferentsiyalar ligasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar