Rasman! Janfranko Zola “Birmingem” bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 15 dekabr, 2016, 13:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

50 yoshli Janfranko Zola ingliz klubi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Aniqrog‘i, italiyalik mutahassis “Birmingem” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqla klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

U “Birmingem”da iste’foga chiqarilgan Geri Rouettaning o‘rnini egalladi. Aytish kerakki, Zola avval "Vest Xem", "Uotford", "Kalyari" va "Al-Arabi" kabi jamoalarni boshqargan.

Ma’lumot uchun, “Birmingem” ayni damda Chempionshipda 21 turdan so‘ng 34 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!