Rasman! Javohir O‘tamurodov legionerga aylandi

  • 31 iyul, 2024, 18:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik yosh himoyachi Javohir O‘tamurodov legionerga aylandi. 2023 yilgi U 20 Osiyo kubogida chempion bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan futbolchi Belarusning "Vitebsk" klubi bilan shartnoma tuzdi. Kelishuvning qolgan batafsil tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadigan bo‘ldi. 

Tecno

Kelishuv haqidagi xabarni belarus klubi rasmiy saxifalari orqali ham tasdiqladi. Eslatib o‘tamiz futbolchi mavsuining ilk qismini Qoraqalpog‘istonning "Aral" jamoasi safida o‘tkazgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘tamurodov o‘tgan mavsum "Aral" safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etgan va 4 ta sariq kartochka ishlab olgan. Yosh futbolchimizga kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!