
Rasman! Jennaro Gattuzo La Liga klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi
"Valensiya" klubi jamoaga Jennaro Gattuzo bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. 44 yoshli italiyalik mutaxassis 2 yillik shartnoma imzolagan.
Shuningdek, u jamoada yiliga 3 million evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘rshapalaklar" yakunlangan mavsumda Ispaniya kubogida finalga qadar etib bordi. Afsuski, hal qiluvchi bahsda "Betis"ga imkoniyatni boy berdi. La Ligada klub 48 ochko bilan 9-o‘rinni band etdi.
Gattuzo "Valensiya"dan oldin "Napoli", "Milan" va "Fiorentina" kabi A Seriya jamoalarida ish olib borgan.
Fikrlar