Rasman! Jessi Marsh - “Lids“ bosh murabbiyi
“Lids“ klubi yangi bosh murabbiyini ommaga tanishtirdi. Marselo Belsa jamoa bosh murabbiyligidan ketgach, uning o‘rnini Jessi Marsh egalladi.
APL klubi mutaxassis bilan 2025 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Marsh bundan oldin asosan “Red Bull“ tizimida ish olib borgan. Shuningdek, u AQSh terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan.
Ma’lumot o‘rnida, “Lids“ ayni payt 23 ochko bilan APL jadvalining 16-pog‘onasidan joy olgan.
Fikrlar