Rasman! Leonardo "Milan" sport direktori lavozimidan ketdi

  • 28.05.2019 21:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi sport direktori Leonardo rasman o‘z lavozimini tark etdi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha braziliyalik funktsioner o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan.

Norasmiy manbaalarga qaraganda Leonardo “rossonerilar” bosh direktori Ivan Gazidis bilan transferlar masalasida kelisha olmay qolgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ham tez orada iste’foga chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.

“Milan” o‘tgan mavsum A Seriyani 5-o‘rinda yakunladi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!