Rasman! "Lokomotiv" navbatdagi transferni e’lon qildi

  • 25 yanvar, 2021, 14:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" iste’dodli yarim himoyachi Islom Rashidxonov transferini e’lon qildi. 

Tecno

Faoliyatining asosiy qismini "Nasaf"da o‘tkazgan Islom Rashidxonov bundan buyon "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qiladi. Mohir futbolchi jamoa safiga "Navbahor"dan kelib qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, Islom Rashidxonov faoliyatini Qarshining "Nasaf" klubida boshlagan. U 2016-2019 yillar oralig‘ida qarshiliklar tarkibida O‘zbekiston chempionati doirasida 81 uchrashuvda maydonga tushgan.

Rashidxonov o‘tgan yilni "Navbahor" safida o‘tkazib, Superligada 22ta bellashuvda harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!