Rasman! Lyubinko Drulovichning O‘FA bilan tuzgan shartnomasi yakunlandi va O‘zbekiston OTJdan ketdi

  • 30 yanvar, 2020, 12:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘FA matbuot anjumanlar zalida 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlariga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirok etdi.

So‘zlari davomida Drulovich O‘FA bilan tuzgan shartnomasi yakunlangani va tomonlar bitimni uzaytirmaslikka qaror qilishganini ma’lum qildi.

Shu tariqa, xorijlik mutaxassis yurtimizda roppa-rosa bir yil faoliyat yuritdi. U o‘tgan yili yanvar oyida O‘zbekistonga kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, Lyubinko Drulovich boshchiligidagi terma jamoa Osiyo chempionatida 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Olimpiada yo‘llanmasidan mosuvo qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!