
Rasman! "Manchester Siti" navbatdagi transferini e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘zining joriy yozgi transferlar davridagi navbatdagi transferini e’lon qildi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, “shaharlilar” bu safar Chempionshipga ravona bo‘lgan “Bornmut” himoyachisi Natan Ake bilan shartnoma imzolashdi. 25 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2025 yilga qadar tuzilgan kelishuvga imzo chekkan. “Siti” esa uning transferi uchun 41 mln funt sarflagani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ake yakunlangan mavsum APLda jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar