
Rasman! Matteys de Ligt — “Bavariya” futbolchisi (foto)
"Bavariya" "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligtning transferini e’lon qildi. Futbolchi nemis klubi bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Avvalroq, De Ligtni sotib olish "Bavariya"ga bonuslarni hisobga olmaganda 70 million evroga tushishi xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda 22 yoshli himoyachi "Yuventus"ning barcha turnirlar doirasidagi 42 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
De Ligt 2019 yilda “Ayaks”dan “Yuventus”ga o‘tgan edi.
Fikrlar