Rasman! Mayk Tayson va Roy Jons jang qiladi... Sana ham aniq

  • 23 iyul, 2020, 22:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks afsonalari Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang tashkillashtirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Voqealar rivoji muxlislar kutganidek ko‘rinish olib, ular bevosita ringda to‘qnash keladigan bo‘ldi.

12 sentyabr kuni Kaliforniya shtatida joylashgan “Dignity Health Sports” arenasida ular o‘zaro ko‘rgazmali jangda kuch sinashadi. Jang 8 raunddan iborat bo‘ladi. Bu borada Jons, instagram  sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 54 yoshli “Temir Mayk” so‘nggi jangini 2005 yil o‘tkazgan bo‘lsa, 51 yoshli Jons 2018 yilda oxirgi bor ringga ko‘tarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!