
Rasman! Messi - "Inter Mayami" futbolchisi
Rasman Lionel Messi AQShning "Inter Mayami" klubiga o‘tdi. Bu haqda jamoa rasmiy sahifasida rasman e’lon qilindi. U Bekxem jamoasi bilan 3 yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Leoda ham mavsum oxirida erkin agentga aylanish imkoni bor.
Argentinalik futbolchi "Barsa" yoki "Al-Hilol"ga o‘tishi mumkin edi. Unga Saudiya Arabistoni klubi 1 millioard evrolik taklif bilan chiqqan. Ammo Lionel buni rad qilib, Kataloniyaga qaytishni istagandi. "Barselona" esa transferga harakatni kechiktirib yubordi. Kamiga rahbariyat Messiga La Ligada ro‘yxatdan o‘tishiga kafolat bera olmasligini aytdi.
Tavvakal qilishni istamagan 36 yoshli hujumchiga "Inter Mayami" varianti ma’qul keldi.
Fikrlar