
Rasman. "Metallurg" keyingi mavsum Superligada o‘ynamaydi
Avvalroq Liga Metallurg PFK MChJ ustav kapitalining 100 foiz ulushiga egalik qiluvchi "O‘zmetkombinat" AJga murojaat qilib, 24 dekabr sanasiga qadar klubning Superligadagi kelgusi taqdiriga oydinlik kiritishni so‘ragandi.
Kecha — 20 dekabr kuni "O‘zmetkombinat" AJ Liga so‘roviga javob qaytardi hamda "Metallurg" klubining Superligada ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Javob xatida tashkilotning klubga homiylik mablag‘i ajratishi to‘xtatilgani va buning sabablari batafsil tushuntirilgan.
"Metallurg" klubining Superligadagi o‘rnini egallash jarayoni qanday ketma-ketlikda bo‘lishi avvalroq ma’lum qilingandi. Mana shu yo‘nalish asosida klublarga qaror qabul qilish uchun ma’lum vaqt beriladi va ularning qarori ham Liga tomonidan rasman ma’lum qilinadi.
Mazkur mavzuning davomi Liga hamda Assotsiatsiya o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng e’lon qilinadi.
Fikrlar