Rasman! "Milan" de Ketelare transferini e’lon qildi (foto)

  • 3 avgust, 2022, 12:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi "Bryugge" jamoasidan Sharl de Ketelareni sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 

Tecno

21 yoshli iqtidor egasi 5 yillik bitimga imzo chekkan. Uning transferi uchun "rossonerilar" bonuslar bilan birga 35 million evro to‘laydi. Futbolchi yangi jamoasi safida 90-raqam ostida to‘p tepadi.

Ma’lumot o‘rnida, Sharlga "Milan"dan tashqari "Lids" va "Lester" kabi klublar ham qiziqish bildirayotgandi. U 2020 yil noyabr oyida Belgiya terma jamoasi safida debyut qilgan edi.  

di ketelare

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!