
Rasman! “Milan” MYu futbolchisini transfer qildi (foto)
“Manchester Yunayted”ning qanot himoyachisi Diogu Dalot “Milan” tarkibiga ko‘chib o‘tdi. 21 yoshli portugaliyalik futbolchi ijara shartnomasini imzoladi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, iste’dodli futbolchi bir mavsum davomida Italiya chempionatida o‘ynaydi. “Milan”da Dalotga 5-raqamni berishdi.
Diogu Dalotning transfer summasi 12 million evroga baholangan. Ijara muddati tugaganidan keyin “Milan” yoki istalgan boshqa klub ushbu summaga Dalotni transfer qilishi mumkin.
Fikrlar