Rasman! MYu uzoq kutilgan transferni e’lon qildi! (foto)

  • 1 iyul, 2021, 19:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi 2 yil davomida angliyalik esh iste’dod sohibi Jeydon Sancho faoliyatini "tumanli albion"da davom ettirishi mumkinligi muhokama qilinayotgandi.

Tecno

Bugun "Manchester Yunayted" rasmiy sahifalari ingliz vunderkindining jamoa safiga kelib qo‘shilganligini ma’lum qildi. Jeydon "qizil iblislar" libosida 2026 yilga qadar to‘p tepadi. Uning transferi mankuniyaliklar uchun 85 mln evroga tushgan.

Jeydon MYuning prinsipial raqibi "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Shaharliklar" bilan professional shartnoma tuza olmagan vinger "Borussiya" safida 137 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 50 gol va 64 assist yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq, "Borussiya" Dortmund Sancho borasida MYu bilan kelishuvga erishilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. 

209636234_833189644280932_7859217405778367502_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!