
Rasman! Nacho "Real" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi
"Real" himoyachisi Nacho Ernandes klub bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirdi. Endilikda ispaniyalik futbolchi 2024 yilning iyunigacha madridliklar safida to‘p tepadi. Bu haqda "qaymoqranglilar" rasman e’lon qildi.
Avvalroq, Nacho "Real"ni tark etishi haqda mish-mishlar tarqalgandi. Uning keyingi manzili "Inter" bo‘lishi mumkin edi. Ammo himoyachi yana bir yil klubda qolishga qaror qildi.
Fikrlar