
Rasman! "Napoli" Ospinaning transferini sotib oldi
Kolumbiyalik darvozabon David Ospina "Napoli"ning to‘laqonli a’zosiga aylandi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar 30 yoshli posbonning transferini 4 mln evro evaziga “Arsenal”dan to‘liq sotib olishgan.
Eslatib o‘tamiz, Ospina o‘tgan mavsumni “Napoli”da ijara asosida o‘tkazgan edi. U yakunlangan mavsum jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 25ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar