Rasman! "Nasaf" 24 yoshli himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
Sardor Sa’dullaev 2023 yil “ajdarlar” bilan birga bo‘ladi. Sa’dullaev jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Sardor “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Nasaf” tarkibida ikki marta O‘zbekiston kubogi, bir martadan Superliganing kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
"Yangi mavsumdagi hamkorlik futbolchi va jamoamiz uchun samarali va yutuqlarga boy bo‘ladi degan umiddamiz", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Manba: “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati.

Fikrlar