
Rasman! "Nasaf" ikki himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
2023 yilgi futbol mavsumi o‘z yakuniga etib bormoqda. Qarshining "Nasaf" klubi rahbariyati yangi mavsumga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlab yuborgan. Mavsum tugamasdanoq etakchilar bilan shartnomalar uzaytirilmoqda.
Bugun “Nasaf” futbol klubining himoya qo‘rg‘onlari G‘olib G‘aybullaev va Alibek Davronovlar bilan shartnomalar uzaytirildi. Har ikkala himoyachi ham "ajdarlar" bilan 2027 yilgacha birga bo‘lishadi. Bu haqda qarshiliklar jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, G‘aybullaev hamda Davronov “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.
Fikrlar