Rasman! "Neftchi" futbolchisi Superliganing boshqa bir klubiga ko‘chib o‘tdi (FOTO)

  • 7 iyul, 2022, 19:07
  • 0
  • Futbol

Mavsumni “Neftchi” klubida boshlagan himoyachi Anvar G‘ofurov ikkinchi davrani “Metallurg”da o‘tkazadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, G‘ofurov bekobodliklar bilan joriy yilning 30 noyabrigacha shartnoma imzolagan.

Anvar G‘ofurov “Neftchi” va “Surxon” jamoalari safida jami 123 ta o‘yinda, 10183 daqiqa to‘p surgan. 6 ta gol kiritgan. 29 ta sariq kartochka bilan jazolangan.

anvar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!