
Rasman! "Neftchi" ruminiyalik legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi
"Neftchi" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun ruminiyalik tajribali futbolchi Mixay Roman "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoaning hujum chizig‘ida harakat qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Mixay Roman o‘tgan mavsumni Ruminiya Oliy ligasi vakili "Petrorul" klubida olib bordi. Faoliyati davomida Ruminiya klublaridan tashqari Niderlandiya EREDIVIZIE ligasida va Isroil chempionatida to‘p surdi. Mixay Roman Ruminiya kubogi sohibi hisoblanadi.
Shu kungacha 300 dan ortiq uchrashuvlarda maydonda harakatlangan futbolchi 69 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lib, 28 ta golga assistentlik qilgan. Bo‘yi 188 sm.ga ega bo‘lgan futbolchining tranfermarkt saytidagi narxi 400 000 evroni tashkil etadi.
Fikrlar