Rasman! "Nyukasl" navbatdagi transferini e’lon qildi

  • 01.02.2022 13:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Brayton”ning markaziy himoyachisi Den Bern rasman “Nyukasl”ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

"Qarg‘alar" 29 yoshli futbolchi uchun “Brayton”ga 15 million evro to‘lagan. Berning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Bern "Nyukasl" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoani 11 yoshida tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” bunga qadar Kiran Tripper, Kris Vud, Bruno Gimaraesh va Mett Targett kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!