
Rasman! O‘runov "Spartak" bilan shartnoma imzoladi!
O‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov “Spartak” klubi bilan shartnoma imzoladi. “Spartak” matbuot xizmati TikTok tarmog‘ida ushbu voqeaga oid videolarni namoyish qildi.
O‘zbekiston milliy chempionatida “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari tarkibida muvaffaqiyatli o‘ynab, 2020 yilning fevralida Rossiya premer-ligasi vakili “Ufa”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz o‘z mahorati bilan qator klublar e’tiborini qozondi.
“Ufa” Oston O‘runov bilan xayrlashdi va futbolchimizga hamkorlik uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
Fikrlar