
Rasman! O‘zbekiston U-17 terma jamoasi jahon chempionati pley-off bosqichiga yo‘l oldi (foto)
Indoneziyada o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga etib bormoqda. Biroz avval O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi bahs o‘tkazib, kambek evaziga 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ushbu durang evaziga hamyurtlarimiz 4 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi, ammo 3-o‘rin bilan cheklandi. Eng yaxshi 3-o‘rinlar orasida esa termamiz 1-pog‘onada turibdi.
Biroq "A" guruhida 3 va 4-o‘rinni egallab turgan Indoneziya va Panama terma jamoalari 3-turda g‘alaba qozona olmagach, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari 3-o‘rinni egallagan jamoalar orasida kuchli to‘rtlikda bo‘lishi aniq bo‘ldi.
Keyingi bosqichda "C" yoki "D" guruhida 1-o‘rinni olgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazamiz. Hozircha "C" guruhida Angliya, "D" guruhida esa Senegal etakchilik qilib turibdi.
Fikrlar