
Rasman! "Paxtakor" futbolchisi Vodiy klubiga o‘tdi (foto)
O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan holda, yangi mavsumga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan "Turon" tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida iqtidorli himoyachi Marlen Chobanov bilan kelishuvga erishdi. Jamoa murabbiylar shtabi ko‘rigida bo‘lib turgan markaziy himoyachi bilan bugun rasman shartnoma imzolandi.
Ma’lumot uchun, Chobanov bugunga qadar Kievning "Obolon" klubi yoshlar jamoasi (2019-2020)da va Toshkentning "Paxtakor" klubi (2020-2021)da o‘ynagan. Shuningdek, u O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zoligiga nomzod futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar