Rasman! "Paxtakor" Otabek Boymurodov bilan shartnomani uzaytirdi

  • 7 iyul, 2023, 16:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi, darvozabon Otabek Boymurodov bilan amaldagi kelishuv muddati uzaytirildi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi. Iqtidorli posbon klub bilan 2025 yil yakunigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U 2023 yil U-20 terma jamoasi bilan Osiyo chempioniga aylanib, jahon chempionatida ishtirok etdi.

Tecno

"Paxtakor" bilan shartnomani uzaytirgani xususida Boymurodov shunday fikr bildirdi:

"Meni tarbiyalagan klubda faoliyatimni davom ettirishdan xursandman. Asosiy jamoada o‘ynab, g‘alabalar va sovrinlarga erishishda hissa qo‘shmoqchiman. Umid qilamanki, o‘zim uchun qadrdon klubga ko‘p yordam beraman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!