Rasman! Pedro "Chelsi"dan ketdi

  • 9 avgust, 2020, 18:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi Pedro Rodriges “Chelsi”dan ketganini ma’lum qildi.

Tecno

“Ajoyib o‘tgan besh yildan so‘ng, mening “Chelsi”dagi vaqtim poyoniga etdi. Men klub rahbariyati, jamoadoshlarim va muxlislardan minnatdorman. Men bu erda juda baxtli edim. “Chelsi” safida to‘p surish men uchun sharaf”, - deydi 33 yoshli futbolchi.

Pedro “Chelsi” safiga 2015 yil “Barselona”dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida jami 206 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 43 ta gol hamda 28 ta golli uzatma yozdirdi. U endi faoliyatini “Roma”da davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!