Rasman! PFLga yangi rahbar tayinlandi

  • 26 may, 2020, 19:58
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov joriy yil 25 may kunidan o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Shu sababli, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxo‘jaev O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Diyor Imomxo‘jaev bunga qadar mazkur tashkilotda bosh direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
muxammadsoli 79
26/05/2020 21:02
joy endi egasini topdi DIYOR senga omad