
Rasman! PSJ Frantsiya terma jamoasi hujumchisini rekord summaga sotib oldi
Hujumchi Randal Kolo-Muani faoliyatini vatanida davom ettiradigan bo‘ldi. Aniqroig‘, frantsiyalik futbolchi "Ayntraxt"dan PSJga ko‘chib o‘tdi.
Frankfurt klubi ushbu transfer o‘z tarixidagi rekord summa – 95 million evro ekanini ma’lum qildi. Forvardni sotish haqidagi qaror ham kengash, ham kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.
Kolo-Muanining o‘zi esa parijliklar bilan futbolchi 5 yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 23-raqamda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Bundesligada 15 ta gol bilan “Ayntraxt”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
Fikrlar