Rasman! PSJ yulduzi "Yuventus" futbolchisiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ futbolchisi Anxel di Mariya "Yuventus"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda turinliklar rasmiy sayti xabar berdi. 

Argentinalik iqtidor egasi erkin agent sifatida A Seriya grandi bilan shartnoma imzolagan. Bitim 1 yildan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi. 

Di Mariyaga "Yuventus"dan tashqari "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi klublardan takliflar bo‘lgan. Biroq futbolchi o‘zini yangi chempionatda sinab ko‘rishni istagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!