
Rasman! "Qizilqum"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Mutaxassis Serbiya, Tojikiston va Saudiya Arabistonida ishlagan
Faoliyati davomida Tojikiston kubogi va chempionligini qo‘lga kiritgan, Serbiya yoshlar terma jamoasi va Tojikiston terma jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tojikiston va Xitoy hamda Liviya davlatlari jamoalarida bosh murabbiy bo‘lib ko‘plab natijalarga erishgan, tajribali murabbiy Nikola Lazarevich yangi mavsumda "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Nikola Lazarevich haqida qisqacha ma’lumot:
Ismi sharifi: Nikola Lazarevich
Tug‘ilgan sana: 29.01.1978. y
Tug‘ilgan joyi: Serbiya
Millati: serbiya
Nikola Lazarevich ishlagan jamoalar: Serbiya terma jamoasi (U-21), “Tsar Konstantin” (Serbiya), “Radnichki” (Serbiya), “Istiqlol” (Tojikiston), Tojikiston terma jamoasi, “Xo‘djand” (Tojikiston), “Al – Taavun” (Saudiya Arabistoni).
Fikrlar