Rasman: Rasul Yoʻldoshev "Dinamo" futbolchisi!
2026 yilgi mavsum oldidan seleksiya ishlarini davom ettirayotgan «Dinamo» jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qiladi.
O‘tgan mavsumlarni «Bunyodkor» safida o‘tkazib, 130 ta o‘yinda maydonga tushgan Rasul Yo‘ldoshev «Dinamo» PFK bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Vadim Abramov qo‘l ostidagi o‘yinlari bilan tanilgan 25 yoshli yarim himoyachi O‘zbekiston U21 va olimpiya jamoalarida ham to‘p surgan. U o‘tgan mavsum 27 o‘yinda maydonga tushgan.
Biografiya: Rasul Hamza o‘g‘li Yo‘ldoshev
Tug‘ilgan sanasi: 26 oktyabr, 2000 yil.
Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Narpay tumani
Ampluasi: Yarimhimoyachi
To‘p surgan klublari: OKMK (2019), «Bunyodkor» (2020-2025);

Fikrlar