Rasman! "Real" forvardi sobiq jamoasiga qaytdi
“Real” hujumchisi Luka Yovich yana “Ayntraxt”ga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frankfurtliklar 23 yoshli serbiyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olgan. U jamoada 9-raqamda o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Yovichni 2019 yilning yozida 60 mln evro evaziga aynan “Ayntraxt”dan sotib olgan edi. U o‘tgan 1,5 yil ichida “Qirollik klubi”da bor yo‘g‘i 11 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar