Rasman! "Real" hujumchisi "Roma"ga o‘tdi
"Roma" "Real" forvardi Borxa Mayoralni ijaraga oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” 23 yoshli ispaniyalik futbolchini 2 mavsumga ijaraga olgan. Transfermarkt sayti tarqatgan xabarga qaraganda, ushbu transfer 2 mln evroni tashkil etgan.
Mayoral “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Qirollik klubi”ning asosiy jamoasida 33 ta o‘yinda maydonga tushgan va 7 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U ma’lum vaqt "Volfsburg" va "Levante" klublarida ijarada to‘p surgan.
Fikrlar