
Rasman! Sarri "Latsio" bosh murabbiyiga aylandi. Rim klubi uni o‘zgacha tanishtirdi (Foto)
Italiyalik mutaxassis Mauritsio Sarri rasman "Latsio" bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda "burgutlar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Rim klubi 62 yoshli murabbiy bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Klub matbuot xizmati murabbiyni o‘zgacha tanishtirdi.
Sarri "Yuventus"dan ketgach bir mavsum ishsiz qoldi. Mauritsio faoliyati davomida "Chelsi", "Napoli" kabi jamoalarni ham boshqargan. "Chelsi" italiyalik murabbiy qo‘l ostida Evropa Ligasi g‘olibigi aylangandi.
Avvalroq, "Latsio"ni shu vaqtgacha boshqarib kelayotgan Filippo Inzagi "Inter" boshqaruviga o‘tgandi.
Fikrlar