Rasman! Sergeev Tehron klubi futbolchisiga aylandi

  • 05.01.2026 17:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini "Persepolis" safida davom ettiradi. Tehron klubi ayni vaqtda futbolchimizning instagramdagi jonli efirda e’lon qildi. 

Futbolchimiz fors klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. U Sherzod Temirov, Aleksandr Lobanov va Oston Urunovdan keyin "qizillar" safiga kelib qo‘shilgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi. 

Ta’kidlash kerak, Igor Sergeev Tailandning "Pathum United" jamoasidan yana "Paxtakor" safiga kelib qo‘shilganidan so‘ng jami 38 ta bellashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!