
Rasman! "So‘g‘diyona" "Bunyodkor"ni tark etgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Yozgi transferlar oynasida o‘z safini kuchaytirayotgan "So‘g‘diyona" yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
"Bunyodkor" klubida birinchi davrani o‘tkazgan yarim himoyachi Suhrob Izzatov endilikda jizzaxliklar sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot o‘rnida Suhrob Izzatov birinchi davrada Superligada 12 uchrashuvda maydonga tushib 1080 daqiqa harakat qilgan. O‘zbekiston Kubogi doirasida 4 ta bahsda maydonga tushib, bir marotaba assist qayd etgan.
"So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar