
Rasman! "Surxon" Boburjon Asqarov bilan shartnomani uzaytirdi
O‘zbekistonda qishki transferlar oynasi ochildi. O‘tgan mavsumni ajoyib tarzda yakunlagan Termizning "Surxon" jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi.
O‘tgan mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazgan himoyachi Boburjon Asqarov rasman "Surxon" bilan shartnomasini uzaytirdi. Yangi kelishuv 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan mavsum Superligada 25 o‘yinda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar